Start
Kichik firma uchun
1 operator · 2 kuryer
- Buyurtmalar va mijozlar bazasi
- Kuryer sahifasi va xarita
- Baklashka (tara) hisobi
- Telegram bot va mini-ilova
- Rahbar paneli
Qo‘ng‘iroqdan yetkazishgacha: buyurtma qabul qilish, kuryerga biriktirish, bo‘sh idish qaytishi, qarz va kassa — suv firmasining kundalik ishi bir joyda, telefon va kompyuterda.

Bugungi tushum, tarqatilgan suv, qaytgan idish, kechikkan buyurtmalar va davrlar taqqoslanishi — har kuni ertalab ochadigan bitta ekran.

Instagram va Facebook reklamasidan kelgan arizalar — bugun kimga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi tepada ko‘rinib turadi.
Instagram va Facebook reklamasidan kelgan arizalar — bugun kimga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi tepada ko‘rinib turadi.
Kuryer zakazni yopgan zahoti kassa, qarz, tara va hisobotlar o‘zi o‘zgaradi. Hech kim qayta yozib o‘tirmaydi, raqamlar bir-biridan ajralib ketmaydi.
Mijoz, manzil, oxirgi zakazlari va qarzi — buyurtma yozilayotganda bitta ekranda.
Mijoz botdagi mini-ilovadan o‘zi buyurtma beradi, operator bir bosishda tasdiqlaydi.
Oddiy, yodlangan, Zam-zam — har turga o‘z ustamasi; mijozning oxirgi turi o‘zi tanlanadi.
Bir xil zakaz ikki marta yozilmaydi, yaqin manzildagi mijoz haqida ogohlantiradi.
z1, z2, z3… — raqam o‘zi beriladi, qo‘lda hisoblab o‘tirish yo‘q.
Shoshilinch yoki alohida zakazlar rang bilan belgilanadi — ro‘yxatda darhol ko‘rinadi.
Kerakli modullarni o‘zingiz qo‘shasiz — ortiqchasiga to‘lamaysiz. Narxlar so‘mda, oyiga.
O‘sayotgan firma uchun
2 operator · 5 kuryer
Suv firmasi egalari WaterCRM haqida eng ko‘p so‘raydigan savollar va qisqa javoblar.
Boshqa savol bormi? YozingWaterCRM — ichimlik suvi yetkazib beradigan firmalar uchun CRM dasturi. Operator qo‘ng‘iroq yoki Telegram’dan kelgan buyurtmani yozadi, uni xaritada kuryerga biriktiradi, kuryer telefonida yetkazib zakazni yopadi. Baklashka (tara) balansi, qarzlar, kassa va hisobotlar shu jarayondan o‘zi yuritiladi.
Daftar va Excel o‘rniga hamma narsa bitta joyda: qaysi mijozga qachon suv kerak, qaysi kuryer nechta baklashka tarqatdi, kimda qancha qarz va qancha bo‘sh idish qolgani. Rahbar panelida kunlik yetkazish, tushum va qaytgan tara darhol ko‘rinadi.
Kuryer zakazni yopishda nechta to‘la baklashka bergani va nechta bo‘sh idish olganini kiritadi — har bir mijozning tara balansi o‘zi yangilanadi. Idishi uzoq qaytmagan mijozlar alohida ro‘yxatda chiqadi, har bir harakat qaysi zakazda bo‘lgani saqlanadi.
Yo‘q. Kuryer telefon brauzerida o‘z ro‘yxati va xaritasini ochadi, “Yo‘lga chiqish” tugmasi navigatorni manzilga ochadi, to‘lov, idish va qarzni bitta oynada kiritib zakazni yopadi.
Ha. Mijoz Telegram botdagi mini-ilovada mahsulotni tanlab, manzilini ko‘rsatib buyurtma beradi; operator uni bir bosishda tasdiqlaydi. Tekshirilgan manzil uchun buyurtmalar avtomatik qabul qilinishi ham mumkin.
Ha. Naqd va kartadan tashqari Click, Payme yoki o‘tkazma kabi o‘z to‘lov usullaringizni qo‘shasiz. To‘lanmagan summa qarz daftariga yoziladi, keyingi to‘lov eng eski qarzdan boshlab yopiladi.
Tarif operator va kuryerlar soniga qarab tanlanadi, kerakli qo‘shimcha modullarni alohida yoqasiz. 15 kun bepul sinab ko‘rish mumkin — karta so‘ralmaydi.
O‘zbek, rus va ingliz tillarida. Tilni har bir xodim o‘zi tanlaydi; telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi.
Tizimni ko‘rsatib beramiz, eski ma’lumotlaringizni ko‘chirishga yordam beramiz.